Yopiq saytlardan yuklash
Ba'zi saytlar videoni faqat tizimga kirgan foydalanuvchiga ko'rsatadi. Bunday videoni serverimiz ko'ra olmaydi — lekin sizning brauzeringiz ko'radi. Kompyuterda — brauzer kengaytmasi, telefonda — saytning o‘zi ilova bo‘lib o‘rnatiladi. Ikkalasi ham bir marta o‘rnatiladi, keyin ishlatilaveradi.
Kengaytma 1.9.1 — yopiq darslar uchun
Prowebstudents kabi hisobga kirish talab qilinadigan platformalarda darsni o‘z hisobingizda oching va videoni bir necha soniya ijro eting. So‘ng kengaytma oynasidagi Yuklab olish tugmasini bosing. Oddiy MP4 va HLS videolari brauzeringizda olinadi.
Eski versiya o‘rnatilgan bo‘lsa, yangi arxivni o‘sha papkaga oching va chrome://extensions sahifasida kengaytmaning yangilash tugmasini bosing. Keyin dars sahifasini yangilang.
DRM bilan himoyalangan video va brauzerda alohida ovozli ayrim oqimlar qo‘llab-quvvatlanmaydi. Aynan Prowebstudents darslarida natija video formatiga qarab farq qilishi mumkin.
Bir marta o'rnatiladi. Keyin videoning ustida yuklash tugmasi o'zi paydo bo'ladi — hech qayerni ochish, hech narsa nusxalash kerak emas.
- Tugma videoning ustida turadi — bosdingiz, tayyor
- Video o'zi topiladi, qidirish shart emas
- Katta fayllar to'g'ridan-to'g'ri diskka yoziladi
- Bo'laklarga bo'lingan (HLS) videolarni ham yig'adi
- Sizning hisobingiz bilan — yopiq darslar ham
videoyuklash-kengaytma.zip ustiga o'ng tugma →
«Извлечь все»
chrome://extensions
Yandex Browser: browser://extensions
O'ng yuqorida: «Режим разработчика»
«Загрузить распакованное расширение» →
videoyuklash-kengaytma papkasi
Tamom. Endi istalgan video sahifasiga kiring — videoning
o'ng yuqori burchagida «⬇ Yuklab olish» tugmasi
paydo bo'ladi. Bosasiz — fayl saqlanadi.
Tugma ko'rinmasa: videoni bir necha soniya ijro eting.
Bir nechta variant bo'lsa, bosganda ro'yxat chiqadi.
Telefon brauzerlarida kengaytma degan narsa yo'q — na Chrome'da, na Safari'da. Shuning uchun telefonga saytning o'zi ilova bo'lib o'rnatiladi: bir marta bosasiz, keyin ekranda ikonka turadi va brauzerni ochish ham shart emas.
- Android: TikTok yoki YouTube'da «Ulashish → VideoYuklash» — havola o'zi qo'yiladi, tahlil darrov boshlanadi
- Ekranda o'z ikonkasi bilan turadi, alohida oyna bo'lib ochiladi
- Hech qanday do'kon, ruxsat va ro'yxatdan o'tish kerak emas
- Yangilanish o'z-o'zidan — sayt yangilansa, ilova ham yangilanadi
O'ng yuqoridagi ⋮ → «Ilovani o'rnatish» yoki «Bosh ekranga qo'shish». Yuqoridagi tugma chiqsa, uni bossangiz ham bo'ladi.
Shundan keyin istalgan ilovadan Ulashish → ro'yxatdan VideoYuklash ni tanlang.
Pastdagi Ulashish belgisi (kvadrat ichida strelka) → «Bosh ekranga qo'shish» (Add to Home Screen) → Qo'shish.
Diqqat: iPhone'da buni faqat Safari qila oladi. Chrome'da bu tugma yo'q.
Video ilovasida Ulashish → Havolani nusxalash, so'ng VideoYuklash'ni ochib maydonga qo'ying. Ulashish matnini to'liq qo'ysangiz ham bo'ladi — havola ichidan topib olinadi.
Yopiq platforma (onlayn kurs) telefonda: uni serverimiz ham, ilova ham ko'ra olmaydi — u yerda kompyuterdagi kengaytma kerak. Telefonda esa botdan yoki oddiy havolalar bilan ishlang.
Agar ishlamasa
| Video topilmadi | Videoni ijro etmagansiz. Play bosing, 3–5 soniya o'ynasin, keyin qayta urinib ko'ring. |
| «To'liq video» chiqdi | Video bo'laklarga bo'lingan. Bosing — kengaytma barcha bo'laklarni yig'ib bitta faylga aylantiradi. Uzun video bo'lsa biroz vaqt oladi, foizi ko'rinib turadi. |
| Noto'g'ri fayl yuklandi | Ro'yxatda «To'liq video» yozuvini tanlang — sahifadagi kichik audio fayl emas. |
| Saqlashda xato | Sayt to'g'ridan-to'g'ri yuklashni bloklagan. «Saytga» tugmasini sinang. |
| Brauzer «Отключить расширения в режиме разработчика?» deb so'rayapti | Chrome har safar ochilganda shu oynani chiqaradi —
«Отмена» (yoki oynani yoping) bosing.
«Отключить» bosilsa kengaytma o'chadi va ishlamay
qoladi; qayta yoqish uchun chrome://extensions ga
kirib tugmachasini yoqing. |
| Brauzerni yopib ochsam yo'qolib qoladi | Kengaytma papkasini o'chirmang va ko'chirmang —
Chrome uni har safar o'sha papkadan o'qiydi. Papkani doimiy
joyga (masalan Hujjatlar ichiga) qo'ying. |
| Belgicha ko'rinmayapti | Belgichalar yonidagi 🧩 tugmani bosib, VideoYuklash yonidagi qadoqchani yoqing. |
Kengaytma o'rnata olmadingizmi? Xatcho'p tugmasi bilan o'rnatishsiz ham bo'ladi
Hech narsa o'rnatilmaydi. Tugma xatcho'plar panelida turadi, kerak bo'lganda bosasiz — video o'sha zahoti qidiriladi.
- Hech qanday ruxsat so'ralmaydi
- Har qanday brauzerda ishlaydi
- Kompyuterda ham, planshetda ham
Klaviaturada Ctrl+Shift+B bosing — xatcho'plar paneli chiqadi.
Quyidagi tugmani sichqoncha bilan ushlab o'sha panelga olib borib tashlang.
Sudrab bo'lmadimi? Qo'lda qo'shish
Xatcho'plar panelida o'ng tugma → «Добавить страницу». Nomiga «Videoni top», manzil maydoniga quyidagi matnni to'liq qo'ying:
Keyin: video ijro eting → paneldagi «Videoni top» ni bosing → o'ngda chiqqan ro'yxatdan saqlang.
Boshqa loyihalarim
Kundalik ishni yengillashtiradigan xizmatlar — hammasi bepul sinab ko'riladi
TezHisobot.uz
Hisobot tayyorlash xizmati. Qo'lda yozib o'tirmang — tizim o'zi shakllantirib beradi, siz faqat tekshirasiz.
- Vaqtni sezilarli tejaydi
- Tayyor shablonlar
@tezhisobot
TezHisobot'ning boti. Saytga kirmasdan, to'g'ridan-to'g'ri Telegramda hisobot tayyorlang.
- Telefondan ham qulay
- Ro'yxatdan o'tish shart emas
@darksaverobot
Telegram, Instagram, YouTube va TikTok'dan video yuklab beradi — havolani yuboring, tamom.
- 4 ta platforma — bitta botda
- Sifat yo'qotmasdan